9-may kuni respublikada kuchli yomg‘ir yog‘ishi kutilyapti
Bu haqda “O‘zgidromet” shoshilinch axborot e’lon qildi.

9–11 may kunlari O‘zbekistonga Kavkaz hududlaridan salqin havo kirib keladi. Bu haqda “O‘zgidromet”ning ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, 8 may kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida, 9-11 mayda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momoqaldiroq bo‘lishi mumkin.
9-may kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida, 10-may kuni Buxoro va Navoiy viloyatlarida, 10-11 may kunlari Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo va Farg‘ona vodiysi viloyatlarining ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
8-10 mayda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 15-20 metr/sekundgacha, shimolda va cho‘l hududlarda 22-25 metr/sekundgacha kuchayishi kutilmoqda. Ayrim joylarda chang to‘zonlari kuzatilishi mumkin.
10-11 may kunlari kunduzgi havo harorati 20-25 darachagacha pasayadi.








