O'zbekiston

O‘zbekistonning yana 3 viloyatida “Texnopark” quriladi

Prezident bu bo‘yicha Samarqand, Toshkent va Farg‘ona viloyati hokimliklariga topshiriq berdi.

O‘zbekistonning yana 3 viloyatida “Texnopark” quriladi

 

Bugun, 6-may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida elektrotexnika tarmog‘ida foydalanilmayotgan imkoniyatlar va yangi zaxiralarni safarbar qilish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. 

 

Yig‘ilishda mutasaddilarga yana 1,5 milliard dollarlik yangi loyihalar ro‘yxatini shakllantirish, Samarqand, Toshkent, Farg‘ona viloyatlari hokimlariga Toshkent shahridagi “Texnopark” kabi elektrotexnika klasterlarini yo‘lga qo‘yish topshirildi.

 

Misni qayta ishlashni joriy yilda 37 foizdan 50 foizga, 2026-yilda 70 foizga yetkazish maqsadi belgilandi.

 

Buning uchun Ohangaron tumanidagi yangi mis klasterida 168 million dollarlik 12 ta loyiha doirasida yana 90 ming tonna misni qayta ishlaydigan quvvatlar yaratiladi.

 

Yig‘ilishda muqobil elektr energiyasi loyihalarini mahalliy butlovchi qismlar bilan ta’minlash masalasi ham muhokama qilindi. Shuningdek:

 

—  xonadonlarga muqobil energiyada ishlaydigan suv isitish tizimini o‘rnatish xarajatlari 30 foizgacha qoplab beriladi;

— bog‘cha, maktab, kasalxona va boshqa ijtimoiy obyektlarda muqobil energiyada ishlaydigan suv isitish tizimlarini, ko‘chalarda esa, quyosh energiyasida yoritish moslamalarini o‘rnatish bo‘yicha alohida dastur qabul qilinadi.

 

Bu maqsadlarga har yili kamida 100 milliard so‘m yo‘naltiriladi.

 

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

O‘zbekistonning yana 3 viloyatida “Texnopark” quriladi | Zamon.uz