O'zbekiston

Toshkentda 9-may kuni bayram salyuti otiladi

Shuningdek, sana arafasida frontdan kelgan maktublarni jamlagan kitoblar chop etilishi ko‘zda tutilgan.

Toshkentda 9-may kuni bayram salyuti otiladi

 

9 may — Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlab Toshkent shahrida bayram salyuti otilishi maʼlum bo‘ldi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot kotibi AOKAda o‘tkazilgan brifingda xabar qildi.

 

Qayd etilishicha, vazirlik tomonidan sana munosabati bilan frontdan kelgan maktublarni jamlagan «Askar maktublari» hamda «Vatan fidoyilari» kitoblarining nusxalari  tayyorlangan bo‘lib, ularni bayram arafasida nashrdan chiqarish ko‘zda tutilgan.

 

Bundan tashqari, «G‘alaba bog‘i» yodgorlik majmuasida , «Vatan uchun jon fido qilganlar yodi mangu barhayot» nomli ekspozitsiya yaratilgan. Mazkur ekspozitsiya orqali Ikkinchi jahon urushida bir oilaning ikki va undan ortiq qatnashgan farzandlari yod etiladi. Maʼlum qilinishicha, bayram salyuti poytaxtimizda 9—may kuni soat 21:00 atrofida tashkil etiladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Toshkentda 9-may kuni bayram salyuti otiladi | Zamon.uz