Afg‘onistondagi harbiy bazaga hujum uyushtirildi
Otishma sabablari aniqlanmagan

6-may kuni o‘qqa tutilgan G‘azna viloyatidagi NATO‘ning sobiq harbiy bazasiga hujum xorijiy uchuvchisiz uchish apparati yordamida sodir etilgan. Bu haqda «Al Jazeera»ga tayanib, «RIA Novosti» xabar berdi.
Maʼlumotni xavfsizlik organi tasdiqlagani aytilmoqda.
Juma kuni tunda G‘aznadagi harbiy bazaga xorijiy uchuvchisiz samolyot hujum qildi, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, “Tolibon” og‘ir qurollardan foydalangan holda hujumga javob qaytargan. Guruhning viloyatdagi vakillari esa aviahujum bo‘lmaganini taʼkidlashmoqda. Otishma sabablari aniqlanmagan.







