AQSH Ukraina uchun maxsus dronlarga buyurtma berdi
Buning uchun 18 mln dollar ajratilgan.

AQSH Mudofaa vazirligi “Switchblade” dronlarini ishlab chiqarish va Ukrainaga jo‘natish uchun 17,8 mln dollarlik shartnoma tuzadi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu dronlar Ukrainaga Xavfsizlikka ko‘maklashish tashabbusini moliyalashtirish doirasida yetkaziladi. Unga rejalashtirilgan 300 mln dollardan 136,8 mln dollarini Pentagon ajratgan.
Eslatib o‘tamiz, AQSH aprel oyi boshida Ukrainaga 100 ta “Switchblade” dronlarini topshirgan edi. Keyinchalik uning yangi versiyasi ishlab chiqilib, Ukrainaga yetkazib berila boshlangan.








