AQSHda Oq uyning matbuot kotibi o‘zgardi
Mamlakat tarixida ilk bor qora tanli ayol mazkur lavozimga tayinlandi.

44 yoshli Karine Jan-Per Oq uyning yangi matbuot kotibi etib tayinlandi. Bu haqda prezident Jo Bayden ma’lum qildi.
OAV xabarlariga ko‘ra, bu lavozimda 2020-yildan beri ishlab kelayotgan Jen Psaki televideniyega qaytishga qaror qilgan. Uning o‘zi bu ma’lumotga izoh bermadi.
Jan-Per AQSH prezidenti ma’muriyati matbuot kotibi lavozimidagi birinchi qora tanli amerikalik ayol hisoblanadi. U Psakining birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan. Uning 20 yildan ortiq faoliyati AQSH Demokratik partiyasi bilan bog‘liq. Shuningdek, Barak Obama ma’muriyatida siyosat bo‘yicha direktorlardan biri sfatida faoliyat yuritgan.








