Auksionda rekord darajada qimmatga sotilgan avtomobil raqami aniqlandi
O’tgan yili sotilgan raqam esa 498 millionga baholangandi.

Namangan viloyatida istiqomat qiluvchi fuqaro qariyb 670 mln so’mlik raqamning egasi bo’lgan.
50 777 ZZZ bo’lgan raqam belgisiga 135 mln so’m miqdorida boshlang’ich narx qo’yilgan bo’lib, raqam rekord miqdor bo’lgan 669 mln 600 ming so’mga sotildi.
Ma’lumot o’rnida, 2021-yili 01 O 001 OQ avtomobil raqami esa internet-auksionda 498 mln 150 ming so’mga sotilgandi.







