«Boysun bahori» xalqaro folklor festivaliga start berildi
Sayllar tumandagi “Padang” qishlog‘ida boshlandi

Surxondaryoda xalqaro folklor festivaliga start berildi. Xalqimizning ko‘p asrlik qadriyatlari va anʼanalarini o‘zida mujassam etgan «Boysun bahori» “Padang” qishlog‘ida boshlandi.
Festival doirasida xalq sayillari, konsertlar, milliy taom va liboslar, hunarmandchilik buyumlari, tasviriy va amaliy sanʼat asarlari ko‘rgazmalarini tashkil etish ko‘zda tutilgan.
Xalqaro festival 7-8 may kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, unga respublikaning barcha hududlaridan mehmonlar tashrif buyurishgan. Xorijlik sayyohlar esa festivalning asosiy mehmonlari sanaladi.







