Qashqadaryoda yana bir qiz o‘z joniga qasd qildi
Marhuma 7-sinf o‘quvchisi bo‘lgan.

Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida joylashgan 35-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 7-sinf o‘quvchisi o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda “Nasafnews” xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, voqea 6 may kuni kechki soat 23:00 atrofida sodir bo‘lgan.
“Dars mashg‘ulotlari tugab, uyiga borgan va taxminan soat 23:00 lardan keyin uz joniga qasd qilib, vafot etgan”, — deydi maktab mas’ullaridan biri.
Qo‘shimcha qilinishicha, o‘quvchi qiz 2008-yilda tug‘ilgan. Qizning nima sababdan o‘z joniga qasd qilgani haqida hozircha aniq ma’lumot yo‘q.
Holat yuzasidan Qarshi shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.








