O'zbekiston

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni ijaraga berish tartibi soddalashtirildi

Endilikda fuqarolardan yerni tanlovga chiqarish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish 3 ish kunida amalga oshiriladi

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni ijaraga berish tartibi soddalashtirildi

 

Hukumat qarori (237-son, 06.05.2022 y.) bilan “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Unga ko‘ra, viloyat hokimliklari Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan takroran tanlovda ham g‘olib aniqlanmagan yerlar bo‘yicha uning maydoni, ixtisosligini o‘zgartirib, talab yuqori bo‘lgan boshqa yo‘nalishlarga ochiq tanlov o‘tkazadi. Fuqarolardan yerni tanlovga chiqarish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish uchun 3 ish kunida taklif tushgan yerni o‘rganadi. Ilgari 5 ish kunida edi. Shuningdek, tanlovga chiqarish uchun mo‘ljallangan yerni vakolatli organlar bilan kelishish muddati ham 5 kundan 3 kunga qisqartirildi. Tanlovga chiqarilgan yerni olmoqchi bo‘lgan talabgorlar 2022 yil 1 martdan keyin xorijdan kelgan mehnat migrantlari bo‘lsa, BHMning 1 baravari (270 ming so‘m) miqdoridagi zakalat pulini to‘lashdan ozod etiladi. Ilgari mazkur imtiyoz faqat ijtimoiy daftarlarga kiritilganlarga tatbiq etilgan.  

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni ijaraga berish tartibi soddalashtirildi | Zamon.uz