Zelenskiyning kurtkasi katta mablag‘ evaziga sotildi
Uni shaxsan Buyuk Britaniya bosh vaziri sotgan.

Ukraina prezidenti kiyib yurgan kurtka auksionda 90 ming funtga sotildi. Bu haqda The Daily Telegraph xabar berdi.
Auksionni boshqarib borgan Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson Zelenskiyni “zamonamizning eng ajoyib yetakchisi” deb atagan. Shuningdek, u Zelenskiyning yetakchiligini Ukraina va butun dunyo uchun muhim deb hisoblashini aytgan.
Shuningdek, kimoshdi savdosiga Ukraina bilan aloqador boshqa buyumlar ham qo‘yilgan. Savdodan tushgan mablag‘lar ukrainaliklarga insonparvarlik yordami sifatida yuboriladi.
Avvalroq Zelenskiy dunyodagi eng nufuzli shaxs deb topilgandi.







