Buxoroda tergovdan yashiringan shaxs ushlandi
Unga firibgarlik jinoyati bilan ish qo‘zg‘atilgan

Buxoroda firibgarlik jinoyatini sodir etib, tergovdan yashiringani uchun qidiruvga berilgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Milliy gvardiyaning viloyat boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Buxoro shahar “Jo‘nbor” MFY Mirdo‘stim ko‘chasida ro‘yxatda turuvchi shaxs Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan. Fuqaro tergovdan yashiringani uchun joriy yilning 1 mart kuni unga nisbatan qidiruv e’lon qilingan.
Viloyat IIB tezkor vakillari va Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi mas’ullari tomonidan olib borilgan tadbirlar natijasida fuqaroning Buxoro shahri xududida ekanligi aniqlanib, qo‘lga olingan.
Hozirda unga qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoro shahar xokimligining sobiq mulozimi 2,5 ming dollar pora bilan qo‘lga tushgandi. Unga Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi bilan ish qo‘zg‘atilgan.








