Gullar festivali 10-maygacha uzaytirildi
Avvarloq festival 8-mayda yakunlanishi ma’lum qilingandi.

Ko‘p sonli aholining iltimosiga ko‘ra, Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan “Gullar festivali” 10-mayga qadar (shu kuni ham) davom etishi belgilandi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz, “Tashkent Flower Fest–2022”ga 6-may kuni start berilgan. Festival Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxona qarshisidagi maydonda bo‘lib o‘tmoqda.
Toshkent shahar hokimligi tomonidan tashkil etilgan tadbirni bezash uchun 2 milliondan ortiq gullardan foydalanilgan. Shuningdek, maydonda ulkan daraxtlar – yapon sakurasi, Madagaskar baobabi va o‘zbek chinorining sun’iy nusxalari to‘liq o‘lchamda o‘rnatilgan.








