Qashqadaryoda 3 yoshli bolaning qo‘li go‘sht maydalagich ichiga kirib qoldi
Viloyat FVB bolaning ahvoli haqida ma’lumot berdi.

Bugun, 8-may kuni 3 yoshli bolaning ehtiyotsizligi sabab uning chap qo‘li go‘sht maydalashga mo‘ljallangan qurilma ichiga kirib qolgan. Bu haqda viloyat FVB xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, qutqaruv otryadi aytilgan manzilga yetib borib, qisqa vaqt ichida tibbiyot xodimlari bilan birgalikda qurilmaning metal bo‘lagini olib tashlashda amaliy yordam ko‘rsatgan.
Tibbiyot xodimlarining so‘zlariga ko‘ra, hozirda bolaning ahvoli yaxshi.








