Qashqadaryoda fuqaro “ko‘cha zo‘rlari” tomonidan kaltaklandi
Holat bo‘yicha viloyat IIB ma’lumot berdi.

Ijtimoiy tarmoqda Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida bir guruh shaxslarning janjali aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat IIB axborot xizmati rasmiy izoh berdi.
Ma’lum qilinishicha, 03 may kuni soat 13:00 atrofida Qarshi tumani “Bog‘obod” qishlog‘i hududida joylashgan “Star Oil” avtomabillarga yonilg‘i quyish shoxobchasida fuqarolar R.H., A.F., I.F.lar o‘rtasida o‘zaro kelishmovchilik kelib chiqqan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Qarshi timani IIB tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qarshi tumanida yashovchi fuqarolar bank xodimlarini kaltaklagan edi.








