Termizdagi “Alpomish” sport majmuasining tom qismi qulab tushdi
Holat yuzasidan Qurilish vazirligi ma’lumot berdi.

Joriy yilning 5-may kuni Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi “Alpomish” kurash majmuasining tom qismi qulab tushdi. Holat yuzasidan Qurilish vazirligi rasmiy munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, kurash zalining taxminan 1700 metr kvadrat maydonida tom qismi buzilib, yerga qulab tushgan va yaroqsiz holatga kelib qolgan. Hodisa oqibatida hech kim jarohatlanmagan.
Majmua 1999-yilda qurilgan. Uning tom qismi murakkab konstruktiv yechimli bo‘lib, “Kislovodsk” tipidagi fazoviy metall konstruksiyalardan foydalanilgan.








