Ukrainadagi mojaro sabab oziq-ovqat narxlari oshmoqda
Bu holat ocharchilikning kuchayishiga olib keladi.

Qurg‘oqchilik, pandemiya inqirozi va Ukrainadagi janglar global ochlik xavfini oshirmoqda. Bu haqda Germaniyaning iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish vaziri Svenya Shulze Bild ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, dunyo bo‘ylab oziq-ovqat narxlari rekord darajaga yetgan.
“Jahon oziq-ovqat dasturining hisob-kitoblariga ko‘ra, dunyoda 300 million odam ochlikdan aziyat chekmoqda va bu raqamlar doimiy ravishda yuqoriga qarab o‘smoqda”, — deya qo‘shimcha qildi vazir.








