O'zbekiston

Urush qahramoni haqida yangi o‘zbek filmi yaratilmoqda

“Osiyo arsloni” nomli kartina urushda partizan razvedkachisi sifatida ishtirok etgan Mamadali Topvoldiyev haqida hikoya qiladi. Unda bosh rolni Ulug‘bek Qodirov ijro etmoqda.

Urush qahramoni haqida yangi o‘zbek filmi yaratilmoqda

 

Bugun Farg‘onada O‘zbekiston Kinematografiya agentligi va “Belarusfilm” kinostudiyasi hamkorligida o‘zining jasorati va vatanparvarligi bilan mashhur bo‘lgan Ulug‘ Vatan urushi qahramoniga bag‘ishlangan filmning suratga olish ishlari boshlandi. 


Farg‘ona bo‘lib o‘tgan an’anaviy “likopcha sindirish” marosimiga “Belarusfilm” kinostudiyasi bosh direktori Vladimir Karachevskiy, agentlik bosh direktori Firdavs Abduxoliqov, suratga olish guruhlari a’zolari va kinoijodkorlar jamoasi tashrif buyurdi.

 

“Osiyo arsloni” filmi do‘stlik, hayot uchun kurash, o‘zgalarni hayotini saqlash va fidoyilik haqida hikoya qiladi.

 

O‘zbek va Belarus kinematografi tomonidan teng ulushlarda moliyalashtirilayotgan film Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan, urushda partizan razvedkachisi sifatida ishtirok etgan Sovet Ittifoqi Qahramoni Mamadali Topvoldiyev (Belarus partizanlari uni “Kazbek” deb atashgan) haqida hikoya qiladi. Filmga “Men terrorchi emasman” filmi bilan tanilgan Muxammadali Iskandarov rejissyorlik qiladi.

 

Mamadali Topvoldiyev asirga tushib, qochib ketadi va partizanlar safiga qabul qilinadi. U ko‘priklar va yo‘llarni minalaydi, dushmanning 19 ta eshelonini relsdan chiqarib yuboradi, fashistlar Germaniyasiga aqlga sig‘maydigan zarar yetkazadi va ularni dahshatga soladi. Qo‘l jangida u 76 fashistni yo‘q qiladi, bitta nemis generalini va g‘alaba uchun qimmatli ma’lumotlarni taqdim etgan juda ko‘p ofiserlarni asirga oladi. Nasistlar Kazbekning boshi uchun 50 ming reyxsmarka va’da qilishadi! Uning nomi bilan bog‘liq bir nechta hikoyalar mavjud. Har bir operasiyadan keyin u daraxtga xanjar bilan Kazbek nomini o‘yib yozib qoldirardi, shu tarzda u o‘z izini qoldirgan va nemislarni qo‘rquvda ushlab turgan. Mamadali Topvoldiyevning xizmatdoshlari uni Kavkazdagi ulug‘vor tog‘ga qiyoslab, Kazbek deb atashgan, nemislar esa Osiyo arsloni nomini berishgan. 1944 yilda Stalin unga “Sovet Ittifoqi Qahramoni” unvonini bergan. 


“O‘zbekfilm” kinokonserni direktori Bahodir Odilovning ma’lumot berishicha, bosh rolga Ulug‘bek Qodirovning tanlanishi bejiz emas. 

 

“Biz aktyorni AQSHdaligida taklif qilgan edik. U rol ustida sinchkovlik bilan ishlashda davom etmoqda va hatto 25 kilogramm tashlashga muvaffaq bo‘ldi. O‘zbekiston yoshlari uni yaxshi ko‘radi va u qahramon obrazini munosib gavdalantira oladi, deb umid qilamiz. Film loyihasini moliyalashtirish uchun 2 million AQSH dollari miqdorida mablag‘ jalb etildi. Kinematografiya agentligi va Belarusfilm xarajatlarni teng ulushda qoplaydi. Farg‘ona viloyati hokimligi ham munosib hissasi bilan loyihani qo‘llab-quvvatlaydi degan umiddamiz, – deydi B.Odilov.

 

Film realistik jangovar sahnalar, kinoxronikalar va chuqur emosionallik bilan tomoshabinlarni xursand qilishni va’da qiladi.

 

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Urush qahramoni haqida yangi o‘zbek filmi yaratilmoqda | Zamon.uz