Qashqadaryoda 17 yoshli maktab o‘quvchisi halok bo‘ldi
Marhumning kanalda cho‘kib vafot etgani aytilmoqda.

Qashqadaryo viloyati Nishon tumanida joylashgan 42-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchisi vafot etdi. Bu haqda “Nasafnews” xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, voqea 7-may kuni Nishon tumani Shirinobod mahallasi hududida sodir bo‘lgan. 2005-yilda tug‘ilgan yigit darsdan so‘ng uyi yaqinidan o‘tgan magistral kanalga cho‘milish uchun borib, suv ko‘p kelishi oqibatida cho‘kib halok bo‘lgan.
Hozirda holat yuzasidan tuman prokuraturasi tekshiruv o‘tkazayotgani aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq viloyatning Qamashi tumani va Qarshi shahridagi maktablarda 2 nafar o‘quvchi qiz halok bo‘lgani xabar qilingandi.








