Jahon

Ukrainaning Yevroittifoqqa qachon kirishi ma’lum bo‘ldi

Bu bo‘yicha Yevrokomissiya rahbari xabar berdi.

Ukrainaning Yevroittifoqqa qachon kirishi ma’lum bo‘ldi

 

Yevrokomissiya Ukrainadan Yevropa Ittifoqiga kirish bo‘yicha so‘rovnomaning ikkinchi qismini olishni kutmoqda. Kiyevga nomzod maqomini berish-bermaslik bo‘yicha qaror iyun oyida qabul qilinadi. Bu haqda Yevrokomissiya rahbari ma’lum qildi. 


“Kecha “Yettilik guruhi” prezident Zelenskiy bilan muzokaralar o‘tkazdi. Biz Ukrainani Yevropa yo‘lida qo‘llab-quvvatlashni muhokama qildik. Anketaning ikkinchi qismini olishni intiqlik bilan kutaman. Yevropa o‘z qarorini iyun oyida qabul qilmoqchi”, — deb yozdi u Twitterda.

 

Avvalroq Zelenskiy Twitterda Ukraina Bryusselga so‘rovnomaning ikkinchi qismini taqdim etishi, uning asosida Yevrokomissiya Ukrainaga YeI nomzodi maqomini berish bo‘yicha tavsiya berishi kerakligini aytgan edi. 

 

Kiyev o‘z so‘rovnomasining birinchi qismini 17-aprel kuni Bryusselga topshirgan.


Bu boradagi muhokamalar jarayoni bir necha yil  davom etishi mumkin. Finlyandiya bu yo‘lni eng tez - uch yil ichida bosib o‘tdi. Eng uzuni Turkiya bo‘lib, u 2005 yilning kuzida Yevropa Ittifoqiga kirish bo‘yicha muzokaralarni boshlagan. Bugungi kunga kelib ham ularni yakunlash istiqbollari ko‘rinmayapti.

 

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Ukrainaning Yevroittifoqqa qachon kirishi ma’lum bo‘ldi | Zamon.uz