Jahon

Xitoyda osmon qonga o‘xshash qizil rangga kirdi

Holat yuzasidan mahalliy meteorologlar izoh berdi.

Xitoyda osmon qonga o‘xshash qizil rangga kirdi

 

Ijtimoiy tarmoqda Xitoyning Chjoushan shahrida osmon qizil rangga kirgani aks etgan videolavha tarqaldi. Voqea guvohlari bunday hodisa oldin kuzatilmaganini qayd etishgan. 


Mahalliy meteorolоglarning fikricha, hodisaga bulutlarning kema bortidagi chiroq nurlarini qaytarishi sabab bo‘lgan. 


OAV buni hududdagi kimyo zavodida bo‘yoq ishlab chiqarilishi bilan bog‘lamoqda.

 

Bundan oldin, 2019-yil sentyabr oyida Indoneziyada ham shunga o‘xshash hodisa ro‘y bergandi. Unda o‘rmon yong‘inlari sabab osmon qizil rangga kirgandi.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"