Germaniya Kiyevdagi elchixonasini qayta ochdi
Elchixonada xodimlar soni minimal darajada.

Germaniyaning Kiyevdagi elchixonasi seshanba kuni qayta ochildi. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vaziri Annalena Burbok Ukrainaga tashrifi chog‘ida ma’lum qildi.
Uning qayd etishicha, elchixonada diplomatlarning soni minimal darajada. Ular hozircha cheklangan rejimda faoliyatini davom ettiradi.
Eslatib o‘tamiz, Germaniyaning Kiyevdagi elchixonasi fevral oyi o‘rtalarida yopilgan edi.








