Jahon

Insoniyatga xavf soluvchi besh asosiy xatar ma’lum bo‘ldi

JSST odamlarni ocharchilikdan ko‘ra ko‘proq xavotirga soluvchi kasalliklar reytingini e’lon qildi.

Insoniyatga xavf soluvchi besh asosiy xatar ma’lum bo‘ldi

 

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti joriy yilda insoniyat hayotiga tahdid solayotgan besh asosiy xavf reytingini e’lon qildi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda. 

 

Ma’lum qilinishicha, 2022 yilda insoniyat salomatligi uchun ocharchilik va kambag‘allikdan ko‘ra semizlik ko‘proq xavf soladi. Bu “fast-fud”lar borzori yanada chaqqonlashishi va shunday mahsulotlar reklamasi avj olishi bilan bog‘liq.

 

Ikkinchi jiddiy xatar — yolg‘izlik! Koronavirus pandemiyasi davrida yanada jiddiy tus olgan ushbu muammo ko‘plab rivojlangan mamlakatlarda odamlar sog‘ligi va hayotini izdan chiqarmoqda. 

 

Sayyoramizning deyarli barcha aholisiga xos bo‘lgan stress va haddan ziyod xavotir hissi reytingning 3-pog‘onasini band etgan. Jahondagi to‘s-to‘polonlar, achchiq ichakday cho‘zilgan pandemiya, beqaror siyosiy vaziyat, iqtisodiy inqiroz va boshqa omillar bu muammoni yanada kuchaytirib yuborishi bashorat qilinyapti.

 

Odamzot hayotiga xavf tug‘diruvchi to‘rtinchi global muammo sifatida ichak xastaliklari, jumladan, rivojlangan mamlakatlarda keng tarqalayotgan Krona kasalligi tan olindi. 

 

Tahlillarga ko‘ra, ushbu dardga chalingan eng ko‘p bemor Isroil davlatida qayd etilgan. Hozir bu yerda kamida 40 ming nafar kishi shunday kasallik bilan kurashyapti. 

 

Ro‘yxatning beshinchi pog‘onasidan xotin-qizlar o‘rtasida tobora avj olayotgan ginekologik xastalik — endometrioz joy olgan. 

 

U dunyo bo‘yicha tug‘ish yoshidagi ayollarning 10-15 foizida aniqlanmoqda. Achinarli jihati, shifokorlar hali bu kasallikka aniq tashxis qo‘yish va uni samarali davolash borasida universal usullarga ega emas.

 

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Insoniyatga xavf soluvchi besh asosiy xatar ma’lum bo‘ldi | Zamon.uz