Rossiyaliklar yana bir tanlovdan chetlatilish arafasida
Mamlakat “Koinot go‘zali” xalqaro go‘zallik tanlovidan butunlay chiqarib yuborilishi mumkin.

Rossiya “Koinot go‘zali” xalqaro go‘zallik tanlovidan butunlay chiqarib yuboriladi. Tanlov rahbariyati ukrainaliklarning bu tashabbusi haqida xabardor qilingan.
“Tashkilotchilar bu borada to‘g‘ri qaror qabul qilishiga ishonchimiz komil. Rossiya hech qachon bu tanlovda boshqa ishtirok etmasligi kerak, chunki bu Rossiya vakilini o‘z yonida ko‘rishni istamaydigan ko‘plab davlatlarni g‘azablantiradi”, — deydi “Ukraina g‘o‘zali” tanlovi rahbariyati.
Xabarda shuningdek, “Koinot go‘zali” prezidenti Paula Shugart Rossiya urushiga qarshi kurashda Ukrainani qo‘llab-quvvatlashini qo‘shimcha qildi. Tashkilot Ukrainaga ham moliyaviy, ham axborot jihatidan yordam beradi.
“Ularning tashkiloti ko‘p miqdorda xayriya hissalarini qo‘shdi va ma’lumotlar bilan yordam berdi. Xorijliklar o‘z resurslarida Ukrainaga qanday yordam berishi mumkinligi haqida eslatmalarni joylashtirdi”, — deya qo‘shimcha qildi tanlov rahbariyati.








