Surxondaryodagi sel 3 kishini oqizib ketdi
Holat yuzasidan FVV ma’lumot berdi.

Bugun, 10-may kuni Sariosiyo tumanining tog‘li hududidagi “Zoxona” qishlog‘ida qisqa muddatli kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida sel oqimi yuzaga kelgan. Bu haqda FVV xabar berdi.
Hodisa oqibatida Uzun tuman “Xursan” mahallasida yashovchi fuqaro va uning chorva mollari, shuningdek, ushbu hududda o‘zining “Nexia” rusumli avtomashinasida bo‘lgan Uzun tumani “Istiqlol” mahallasida yashovchi ikki nafar fuqaroni sel oqimlari oqizib ketgan.
Yuz bergan tabiiy ofatdan chorva mollarni boqib yurgan fuqaro qutulib qolgan.
Voqea joyiga viloyat hokimi boshchiligida Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rahbariyati, qutqaruvchilar, Milliy Gvardiya, Ichki ishlar, Prokuratura va tegishli xizmatlar jalb etilgan. Shuningdek, 70 nafar mahalliy aholi bilan birgalikda qidiruv-qutqaruv va sel oqimi oqibatlarini bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.








