Ukrainaning Birinchi Prezidenti vafot etdi
2021-yilda u yuragini operatsiya qildirgandi.

Bugun, 10-may kuni Ukrainaning birinchi Prezidenti Leonid Kravchuk uzoq davom etgan kasallikdan so‘ng 88 yoshida vafot etdi. Bu haqda mahalliy OAVlar xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, sobiq Prezident Kiyev vaqti bilan soat 17.00 atrofida olamdan o‘tgan. Bu ma’lumotni uning oilasi ham tasdiqladi.
Ma’lumot uchun: Leonid Kravchuk 1991-yilning dekabr oyidan 1994-yilning iyuligacha mamlakatga rahbarlik qilgan.








