Qashqadaryoda 25 yoshli yigit suv omboriga cho‘kib ketdi
Hozirda uning jasadi qutqaruvchilar tomonidan qidirilmoqda.

Kecha, 10-may kuni Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida 25 yoshli yigit suv omboriga cho‘kib ketdi. Bu haqda “Nasafnews” xabar bermoqda.
Ma’lum qilishicha, 1997-yilda tug‘ilgan fuqaro Qiziltepa mahallasidagi “Langar” suv omboriga cho‘milish uchun do‘stlari bilan borib, cho‘kib ketgan.
Hozirda viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruvchilari yigitning jasadini suv omboridan qidirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryoning Nishon tumanida maktab o‘quvchisi magistral kanalga cho‘kib ketgani xabar qilingandi.








