SHHT Xalq diplomatiyasi forumiga start berildi
Anjuman O‘zbekistonning SHHTga raisligi tashabbusida o‘tkazilmoqda.

Toshkentda O‘zbekistonning Shanxay hamkorlik tashkilotidagi raisligi doirasida “Xalq diplomatiyasi – taraqqiyot uchun o‘zaro anglashuv” mavzusida SHHT Xalq diplomatiyasi forumi o‘z ishini boshladi.
Unda xalqaro tashkilotlar, SHHTga aʼzo mamlakatlar parlamentlari, nodavlat tuzilmalar va ilmiy-tahlil markazlari rahbarlari va vakillari ishtirok etmoqda.
Forum yakunlari bo‘yicha SHHT xalq diplomatiyasining Toshkent kommyunikesi qabul qilinadi.
Anjuman ochilishida O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov nutq so‘zlaydi.







