Stol tennisi o‘ynayotgan prezidentlar
Rasmiy tadbirlardan so‘ng Qozog‘iston va Turkiya prezidentlari stol tennisi o‘ynadi.

Bu haqda Qozog'iston Prezident matbuot xizmati Telegram sahifasida xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, ayni kunlarda Qosim-Jo‘mart To‘qayev davlat tashrifi bilan Turkiyada bo‘lib turibdi.
Anqaraga davlat tashrifi doirasida To‘qayev Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an bilan muzokaralar o‘tkazdi. Natijada, ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan 14 ta muhim hujjat imzolandi. Qozog‘iston va Turkiya yetakchilari ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni «kengaytirilgan strategik sheriklik» darajasiga ko‘tarishga qaror qildi.

Prezidentlari kengaytirilgan strategik sheriklik to‘g‘risida qo‘shma bayonot berdi. Kun yakunida Qosim-Jo‘mart To‘qayev va Rajab Toyyib Erdog‘an OAV vakillariga brifing o‘tkazdi.







