Jahon

Vengriya bir shart asosida Rossiya neftiga qarshi embargoni qo‘llab-quvvatlashi mumkin

Mamlakat TIV bu shartni ochiqladi.

Vengriya bir shart asosida Rossiya neftiga qarshi embargoni qo‘llab-quvvatlashi mumkin

 

Vengriya Rossiya neftiga qarshi embargoga qo‘shilish shartini aytdi. Buni mamlakat tashqi ishlar vaziri Peter Siyarto maʼlum qildi.

 

Unga ko‘ra, embargo oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha Yevropa Komissiyasi aniq takliflar bersagina, Budapesht rus neftiga sanksiya joriy etilishiga rozi bo‘ladi. Bundan tashqari, diplomat cheklovlar Vengriyaga quvurlar orqali kirib keladigan “qora oltin”ga taʼsir o‘tkazmasligi kerak.

 

“Yevroittifoqning RF neftiga qarshi taqiqi kuchga kirsa, bu Vengriyaning energetik xavfsizligiga jiddiy taʼsir o‘tkazadi. Bu iqtisodiy atom bombasiga teng. Vengriyada yoqilg‘i narxi 55-60 foizga ko‘tarilib ketadi. Bu esa barcha tovarlar narxining oshishiga olib keladi. Mamlakat buni ko‘tara olmaydi”, – degan Siyarto.

 

Avvalroq Makron Vengriya bosh vaziri Viktor Orban bilan neft embargosi masalasida muloqot o‘tkazishi xabar qilingandi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Vengriya bir shart asosida Rossiya neftiga qarshi embargoni qo‘llab-quvvatlashi mumkin | Zamon.uz