Bugun Shavkat Mirziyoyev Farg‘onaga tashrif buyuradi
Prezident safari davomida viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazishi ko‘zda tutilgan.

Shavkat Mirziyoyev 12-13 may kunlari Farg‘ona viloyatiga tashrif buyuradi.
Safar davomida qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik va boshqa tarmoqlaridagi korxonalar faoliyati bilan tanishish, mahallalardagi bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirish, viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
Eslatib o‘tamiz, Prezidentning Farg‘onaga so‘nggi tashrifi 2021 yilning ferval oyida bo‘lgandi. O‘shanda Xalq deputatlari sessiyasidan so‘ng Shavkat Mirziyoyev kutilmaganda Farg‘ona shahridagi “Shodiyona” mahallasiga bordi. Mahalla oralab yurib, aholi bilan uchrashgandi.







