O'zbekiston

O‘zbekiston Milliy universiteti 104 yoshda

O‘zbekistonning eng “keksa” dorilfununi haqida qiziqarli faktlar

O‘zbekiston Milliy universiteti 104 yoshda

 

1918 yilda O‘zbekiston hududida ilk zamonaviy OTM ga asos solinadi. Xalq dorilfununi nomi bilan ochilgan universitet hozirda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti nomi bilan mashhur. Quyida Respublikaning eng yetakchi va “oqsoqol” universiteti haqida ayrim qiziqarli faktlar keltirib o‘tiladi. 


1.    Munavvarqori Abdurashidxonov – Xalq dorulfununi asosichi


Milliy universitetning dastlabki ildizi sifatida 1918 yilda ochilgan Xalq dorulfununi ko‘riladi. Ushbu dargohning ochilishida jadidlar katta tashabbus ko‘rsatgan. Ularning yirik namoyondasi bo‘lgan Munavvarqori Abdurashidxonov mahalliy aholi vakillari ham teng ta’lim olishiga imkon beruvchi oliy ta’lim muassasi ochishga muvaffaq bo‘ladi. 1918 yil 12 may kuni Toshkentning Eski Shahar qismida rasman Musulmon Xalq dorulfununing ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi.


2.  Universitet tarixi davomida nomi bir necha bor o‘zgartirilgan


Milliy Universitet bir asrdan ortiqroq tarixi davomida bir necha turli nomlar bilan atalgan. Xususan: 
•  1918-1920 yillarda — Xalq universiteti
•  1920-1923 yillarda— Turkiston davlat universiteti
•  1923-1959 yillarda — O‘rta Osiyo davlat universiteti
•  1960-2000 yillarda — Toshkent davlat universiteti
•  2000 yildan boshlab Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti deb ataladi. 


3.  Hozirga qadar 200 mingdan ortiq bitiruvchi chiqarilgan


Milliy universitet bitiruvchilar soni bo‘yicha Respublikada mutlaq rekordchi – hozirga qadar 200 mingdan ortiq kishiga ushbu universitet diplomlari berilgan. 


4.  Markaziy Osiyodagi eng birinchi universitet


Milliy universitet nafaqat O‘zbekistonda, balki, butun Markaziy Osiyodagi eng birinchi oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi. Qozog‘istonda birinchi OTM 1928 yilda (Qozoq davlat universiteti), Qirg‘izistonda 1925 yilda (Jusup Balasagin nomidagi Qirg‘iz Milliy universiteti),  Tojikistonda 1931 yilda (hozirgi S.Ayniy nomidagi Tojikiston davlat pedagogika univestiteti) va Turkmanistonda 1950 yilda ( Maxtumquli nomidagi Turkman davlat universiteti) ochilgan. 


5.  O‘zbekistonning eng yetakchi OTMlaridan biri


Milliy universitet 2017-2020 yillarda O‘zbekistonning eng yaxshi universiteti deb topilgan bo‘lsa, 2021 yilda ikkinchi o‘rinni egalladi. 
2019 yilda UniRank butunjahon universitetlari reytingida O‘zMU Respublika OTMlarida kuchli o‘ntalikka kiritilgan bo‘lsa, 2021 yilda oliy ta’lim sohasidagi global analitika agentligi Quacquarelli Symonds Milliy Universitetni Yevropa va Markaziy Osiyoning 450 yetakchi OTMlari qatorida e’tirof etdi.

 

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

O‘zbekiston Milliy universiteti 104 yoshda | Zamon.uz