O'zbekiston

Sel So‘x-Rishton yo‘lidagi transport harakatini chekladi

Toshqin oqibatida uylar yerto‘lalari va ba’zi binolar suv ostida qolgan.

Sel So‘x-Rishton yo‘lidagi transport harakatini chekladi

 

Favqulodda vaziyatlar vazirligi bergan xabarga ko‘ra, 11-may kuni kechqurun yog‘gan qisqa muddatli yomg‘ir tufayli Farg‘ona viloyatining So‘x va Farg‘ona tumanlarida sel oqimi kuzatildi.

 

Ma’lum bo‘lishicha, So‘x tumani Malbut va Devayron qishloqlari sel yo‘llaridagi suvning soy o‘zanidan toshib ketishi So‘x-Rishton avtomobil yo‘lining qatnov qismiga loy va tog‘ jinslarini olib kelgan. Natijada avtotransport harakati vaqtinchalik to‘xtatildi.

 

Sel oqibatida Malbut qishlog‘idagi uylar yerto‘lalari, binolar hamda tomorqa yerlari suv ostida qolgan. Hozirda muhandislik texnika vositalaridan foydalangan holda ofat oqibatlari bartaraf etilmoqda.

 

Tuman hokimi boshchiligida qutqaruvchilar va boshqa xizmat vakillari tomonidan seldan jabr ko‘rgan xonadonlar soni aniqlanmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Sel So‘x-Rishton yo‘lidagi transport harakatini chekladi | Zamon.uz