BAA prezidenti vafot etdi
U 2004 yildan buyon amirliklarni boshqarib kelayotgandi.

BAA prezidenti Xalifa bin Al Naxayon vafot etdi. Bu haqda “TASS” agentligi xabar berdi.
Xalifa bin Al Naxayon 1948 yilda tug‘ilgan. U 2004 yildan buyon shu lavozimni egallab kelayotgandi.
2014 yil oxirida BAA prezidenti insultga chalinadi. Shundan keyin mamlakat amalda uning o‘g‘li Muhammad ibn Zayd Al Nahayon tomonidan boshqarib kelindi.







