Britaniyaning qashshoq aholisi soni 1 mlnga yetishi mumkin
Bu haqda “Bloomberg” maʼlum qildi

Telekanal tahminlariga ko‘ra, kambag‘allikda kun kechirayotgan britaniyaliklar soni 2023 yilga borib, 1 mlnni tashkil qilishi mumkin.
“Bloomberg” bergan maʼlumotlar ushbu oqibatlarning oldini olish uchun uy xo‘jaliklarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning dastlabki miqdori 4,2 milliard funt sterlingga baholanayotganini ko‘rsatmoqda.
Shuningdek, tahlilchilar Buyuk Britaniya iqtisodiyoti hozirda eng jiddiy sinovlarni boshidan kechirayotganini taʼkidlashmoqda. Ko‘tarilgan narxlar va qattiq mehnat bozori rekord darajadagi inflyatsiyaga olib borishi taxmin qilinmoqda.







