O'zbekiston

Farg‘onada 70 gektarli “Yangi O‘zbekiston bog‘i” quriladi

Prezident viloyat markazidagi yangi massivni borib ko‘rdi.

Farg‘onada 70 gektarli “Yangi O‘zbekiston bog‘i” quriladi

 

Bugun, 13-may kuni Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona shahridagi “Yangi O‘zbekiston” massivining qurilish maydonida bo‘ldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. 

 

Ma’lum qilinishicha, 300 gektarli ushbu massivda 298 ta ko‘p qavatli uy qurilishi rejalashtirilgan. Shundan 80 tasi bu yil tadbirkorlar tomonidan barpo etiladi.

 

Shuningdek, ikkita umumta’lim maktabi, uchta maktabgacha ta’lim tashkiloti, tibbiyot muassasalari, savdo va maishiy xizmat shoxobchalari, sport majmuasi va masjid quriladi. 50 gektarda tashkil etiladigan kichik sanoat zonasi aholini ish bilan ta’minlashda muhim o‘rin tutadi.

 

Massiv o‘rtasidagi 70 gektar maydonda “Yangi O‘zbekiston bog‘i” va sun’iy ko‘l tashkil etiladi. Hozirdanoq 10 ming tupdan ziyod daraxt ko‘chatlari o‘tqazilgan. Jami 21 ming tup ekilishi rejalashtirilgan.

 

Farg‘ona tumanining “Yangi asr”, Yozyovon tumanining “Yuqori soybo‘yi” mahallalarida ham “Yangi O‘zbekiston” massivlarini barpo etiladi.

 

Joriy yilda Farg‘ona viloyatida jami 9 ming 429 kvartirali 244 ta ko‘p qavatli uy foydalanishga toshiriladi.

 

Davlat rahbari hududga kommunikasiya tarmoqlari tortish, uylarga zamonaviy xizmat ko‘rsatishni tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

 

Prezident Farg‘ona viloyatiga tashrifini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Farg‘onada 70 gektarli “Yangi O‘zbekiston bog‘i” quriladi | Zamon.uz