O'zbekiston

Navoiyning “Xamsa”si tojik tiliga tarjima qilinadi

Tojikistonda saqlanayotgan Navoiyning qo‘lyozma asarlari nusxalari esa O‘zbekistonga olib kelinadi.

Navoiyning “Xamsa”si tojik tiliga tarjima qilinadi

 

Alisher Navoiy nomidagi Xalqaro jamoat fondi ijrochi direktori Olimjon Davlatovning taʼkidlashicha, Navoiyning ijodiy merosi O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi aloqalarni yangi darajaga olib chiqadi.

 

Ikki mamlakat o‘rtasidagi ilmiy aloqalar uzoq asrlarga borib taqaladi. Buni Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiy o‘rtasida adabiy hamkorlik va ustoz-shogird munosabatlari yo‘lga qo‘yilganidan ham ko‘rish mumkin.

 

Ilm-fan tarixida birinchi navoiyshunos Abdurahmon Jomiy bo‘lsa, birinchi jomiyshunos Alisher Navoiy sanaladi. Bu anʼana bugungi kunga qadar davom etib kelmoqda.

 

Endilikda Navoiy asarlari ikki davlat o‘rtasida hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishda oltin ko‘prik bo‘ladi.

 

Xalqaro jamoat fondi ijrochi direktori Olimjon Davlatov Tojikistonda Navoiy asarlarini tarjima qilish va nashr ettirish ishlarini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida Tojikiston elchisi, akademik Abdujabbor Rahmonzoda bilan uchrashdi.

 

Unda Alisher Navoiyning ijodiy merosini mamlakatda va Tojikistonda keng targ‘ib qilish borasida bir qator takliflar ilgari surildi.

 

“Tojikistonda Alisher Navoiyning qo‘lyozma asarlari bor. Biz ularning nusxalarini olib kelishni rejalashtirmoqdamiz. Prezidentning Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligini keng nishonlash to‘g‘risidagi qarorida Navoiy asarlarining yangi ilmiy nashrini yaratish vazifasi qo‘yilgan. Ayni shu vazifani amalga oshirish maqsadida boshqa davlatlarda saqlanayotgan qo‘lyozma nusxalari bilan tanishish zarurati bor”, — deydi Olimjon Davlatov.

 

Fors-tojik adabiyotning juda ko‘plab namunalari o‘zbek tiliga tarjima qilingan.

 

“Ro‘dakiydan boshlab Sadriddin Ayniygacha tarjima qilingan. Eng ko‘p dunyo tillarida fors va tojik tili adabiyoti namunalarining eng ko‘p tarjima qilingani bu o‘zbek tili va adabiyoti hisoblanadi. Lekin, O‘zbek adabiyoti namunalarini tojik va fors tiliga tarjima qilish ko‘ngildagidek emas”, — deydi Olimjon Davlatov.

 

O‘tgan yili fond tashabbusi bilan bundan 30 yil oldin tarjima qilingan lekin, nashr etilmagan Alisher Navoiyning “Layli va Majnun” dostonining tojik tilidagi tarjimasi ikki tilda nashr ettirildi.

 

Bundan 70 yillar oldin shoir va tarjimon Muxiddin Aminzoda tomonidan “Farxod va Shirin” dostonining qisqartirilgan varianti tarjima bo‘lgan. U o‘tgan yili Tojikistonning Xo‘jand shahrida o‘zbekistonlik olimlar ishtirokida nashr etildi. Lekin, shu kungacha “Saddi Iskandariy” ("Iskandar devori"), “Hayrat ul-abror” ("Yaxshilar hayrati"), “Sabʼayi sayyor” ("Yetti sayyora") dostonlari tarjima qilinmagan.

 

“Bir vaqtlar Sovet davrida o‘zbek tilidan tojik tiliga tarjima qiluvchi maktab bo‘lar edi. Bu salohiyat Tojikistonda saqlanib qolgan. Ammo undan yaxshi foydanilmayapti”, — deydi Olimjon Davlatov.

 

O.Davlatov Abdujabbor Rahmonzodaga ushbu maktabda Navoiyning dostonlarini tojik tiliga tarjima qilish va kitoblarni Fond orqali nashr etish taklifini berdi. Bu masala tojikistonlik shoirlar bilan ko‘rib chiqilishi kutilmoqda.

 

Abdujabbor Rahmonzoda tomonidan shu yili O‘zbekiston va Tojikiston olimlari ishtirokida Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy va umuman Temuriylar davridagi adabiy aloqalar yuzasidan konferensiya o‘tkazish fikri ilgari surildi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Navoiyning “Xamsa”si tojik tiliga tarjima qilinadi | Zamon.uz