O'zbekiston

Qashqadaryoda hokim yordamchisi pora bilan ushlandi

Hokimlik uning bu harakatini lavozimi bilan bog‘liq emasligini aytmoqda.

Qashqadaryoda hokim yordamchisi pora bilan ushlandi

 

Qashqadaryo viloyatining Gʻuzor tumanida hokim yordamchisi 300 dollar pora bilan qo‘lga tushdi. Holat yuzasidan hokimlik rasmiy munosabat bildirdi. 

 

Ma’lum qilinishicha, fuqaro E.F. muqaddam viloyat Bandlik boshqarmasida bo‘lim boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatgan. 2022 yilning 12 yanvarida Gʻuzor tumanidagi “Jonbuloq” mahallasiga hokim yordamchisi etib tayinlangan. Uning yangi lavozimga qo‘yilishida avvalgi ish joyidan ijobiy tavsiflanganligi e’tiborga olingan.

 

2022 yilning o‘tgan davri mobaynida hokim yordamchilari tomonidan yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi bandligini ta’minlash va xalqni rozi qilish yo‘lida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilgan.

 

Shuningdek, korrupsiya holatlarni oldini olish maqsadida hokim yordamchilari faoliyati tuman hokimligi, sektor rahbarlari hamda mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish tuman markazi tomonidan doimiy nazorat qilib borilib, bu borada uchrashuv va targ‘ibot ishlari o‘tkazilgan. Uchrashuvlar davomida hokim yordamchilaridan kafolat xatlari olinib, jarayonlar tegishli tartibda rasmiylashtirilgan.  

 

Shunga qaramasdan, joriy yil 12 may kuni hokim yordamchisi E.F. o‘z vakolatiga kirmaydigan ish — Qarshi tumanida yashovchi fuqaroni Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filialiga feldsher lavozimiga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, evaziga firibgarlik yo‘li bilan 300 AQSH dollarini olgan vaqtda jinoyat ustida qo‘lga olingan.

 

“Shu bois, hokimlik E.F. tomonidan sodir etilgan firibgarlik jinoyatini oqlab bo‘lmasligini ta’kidlash bilan bir qatorda, uning mazkur jinoiy harakati “Jonbuloq” mahallasi hokim yordamchisi lavozimi bilan bog‘liq emasligini ma’lum qiladi”, — deyiladi xabarda.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Qashqadaryoda hokim yordamchisi pora bilan ushlandi | Zamon.uz