Turkiya fuqaroligini olish uchun eng kamida 400 ming dollarlik ko‘chmas mulk sotib olish belgilandi
Erdog‘an bu bo‘yicha tegishli farmon qabul qildi.

Turkiya fuqaroligini olishni istagan xorijliklar endilikda mamlakatda qiymati 400 ming dollardan kam bo‘lmagan ko‘chmas mulk sotib olishi kerak. Bu haqda Rajab Toyyib Erdog‘anning tegishli farmoni eʼlon qilindi.
Ushbu tartib bir oydan so‘ng kuchga kiradi. Bundan oldin 250 ming dollarga ko‘chmas mulk sotib olganlar Turkiya fuqarosiga aylanishi mumkin edi. Bu qonun 2010 yilda qabul qilingandi.
Shuningdek, chet elliklar Turkiya xususiy pensiya dasturida ishtirok etish orqali ham mamlakat fuqarosiga aylanishi mumkin. buning uchun dasturda kamida 3 yil ishtirok etish va 500 ming dollar investitsiya kiritish kerak.
Xorijliklar ko‘chmas mulk sotib olgan taqdirda eng kamida uch yil davomida uni sotmasligi va boshqa shaxsning tasarrufiga bermasligi lozim.
Avvalroq Turkiya suriyalik qochqinlar uchun 200 dona uy qurishi to‘g‘risida xabar berilgandi.







