O'zbekiston

Ayrim mahsulotlarning kunlik “optom” narxlari maʼlum  qilindi

Bu haqda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi narxlar ko‘rsatkichini eʼlon qildi

Ayrim mahsulotlarning kunlik “optom” narxlari maʼlum  qilindi

Vazirlik axborot xizmati xabariga ko‘ra, kuzatuvlar natijasida Respublika bo‘yicha qishloq xo‘jaligi mahsulotlari narxlari yuzasidan Qo‘yliq ulgurji bozori, go‘sht mahsulotlari bo‘yicha esa Eski juva dehqon bozorida shakllangan narxlar mo‘ljal bo‘lib xizmat qiladi.

Tadbirkorlar va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi fermer va dehqon xo‘jaliklarining takliflarini inobatga olgan holda:

1. Asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari narxlarini kuzatib borish metodologiyasi ishlab chiqilib, bozorlarga keltirilayotgan mahsulotlar narxlarini onlayn rejimda kunlik monitoring va eʼlon qilib borish amaliyoti yo‘lga qo‘yilmoqda.

Qo‘yliq ulgurji bozorida – 24 turdagi meva, sabzavot va poliz mahsulotlari narxlari bo‘yicha maʼlumotlar ertalab soat 5:00 dan 7:00 ga qadar; Chorsu bozorida – mol va qo‘y go‘shti narxlari bo‘yicha maʼlumotlar ertalab soat 5:00 va 8:00 oralig‘ida yig‘iladi.

Ushbu tizimning amaliyotga joriy qilinishi dastlabki bosqichda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi fermer va dehqonlar hamda ulgurji va chakana savdodagi tadbirkorlar uchun zaruriy maʼlumotlar bazasi vazifasini bajaradi hamda:

a) dehqon va fermerlar uchun mahsulotlarni sotish bo‘yicha shartnomalar tuzishda dalaning o‘zida joriy narxlar to‘g‘risida maʼlumotlarga ega bo‘lish imkonini beradi;

b) ushbu tizimdagi narxlar Respublikaning boshqa hududlaridagi ulgurji va chakana narxlarning shakllanishiga mo‘ljal bo‘lib xizmat qiladi hamda kelgusida tahlil va qaror qabul qilishda maʼlumotlar bazasini shakllantiradi.

Narxlar kuzatuvi amalga oshirilayotgan vaqtda qayd etiladi. Maʼlumotlarni to‘plash vaqti, sanasi hamda joyi o‘zgarishiga qarab ham, narxlarning tebranish holatini ko‘rish
mumkin.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Ayrim mahsulotlarning kunlik “optom” narxlari maʼlum  qilindi | Zamon.uz