Bayden yana “qovun tushirdi”
U ASEAN sammitida yana hamma narsani unutib qo‘ydi.

AQSH prezidenti Jo Bayden yana hamma narsani yodidan chiqardi. Bu gal u AQSH prezidenti kim ekanligini unutib qo‘ydi. Bayden AQSH va Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari uyushmasi (ASEAN) sammitida Bayden AQSH vitse-prezidenti Kamala Xarrisni - Amerika yetakchisi deb aytdi.
Bunday noqulay vaziyat Baydenga begona emas. Mart oyi boshida u yanglishib, Ukraina aholisini eronliklar, deb atagan bo‘lsa, fevral o‘rtasida esa Afg‘onistonni avval Ukraina, keyin esa Eron bilan adashtirib yuborgandi.
Prezident aprelda bo‘sh joy bilan qo‘l berib ko‘rishgandi.
May oyi boshida esa bayden nutq so‘zlayotib, Rossiya va Ukrainani chalkashtirib yubordi. AQSH prezidenti bu kabi holatga tez-tez tushib turadi.







