Estoniya o‘z hududida NATOning qo‘shimcha bo‘linmalari joylashtirilishini so‘radi
Bu bo‘yicha alyansga tegishli taklif jo‘natilgan.

Estoniya Latviya va Litva bilan birgalikda o‘z hududida NATO bo‘linmalarining kuchaytirilishini so‘radi. Bu haqda Estoniya mudofaa vaziri o‘rinbosari Tuuli Dunetson maʼlum qildi.
"Estoniya har bir Boltiq dengizi davlati va butun YEI sharqiy qirg‘og‘ida harbiy bo‘linmalar darajasida aniq boshqaruv tizimi yaratilishini istaydi. Shuningdek, Estoniyada harbiylari joylashtirilgan ittifoqchi davlatlar o‘z kontingenti sonini oshirishini taklif qilamiz. Yana bir muhim nuqta — Boltiqbo‘yi davlatlarida NATOning qo‘shimcha mudofaa bo‘linmalari joylashtirilishi lozim", — degan u.
Avvalroq NATO Gruziya bilan kiberxavfsizlik sohasida hamkorlikni kuchaytirishi to‘g‘risida xabar qilingandi.







