O'zbekiston

Farg‘onada yuk mashina 3 ta avtomobil bilan to‘qnashdi

Hodisa oqibatida 1 kishi vafot etgan.

Farg‘onada yuk mashina 3 ta avtomobil bilan to‘qnashdi

 

Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida 4 ta avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda YHXX xabar berdi. 

 

Qayd etilishicha, voqea bugun, 14-may kuni soat 00.30 atrofida Marg‘ilon shahri hududidan o‘tuvchi 4P-112 avtomobil yo‘lining 228-kilometridagi aylanma yo‘lda sodir bo‘lgan. 1997 yilda tug‘ilgan haydovchi “Man” rusumli yuk avtomobilida harakatlanayotib, rul boshqaruvini yo‘qotgan va transport vositasi ag‘darilgan. Shundan so‘ng u yo‘l chetida to‘xtab turgan 3 ta yengil avtomobillarga to‘qnashgan.


Hodisa oqibatida to‘xtab turgan “Lacetti” avtomobilining haydovchisi, 1980 yilda tug‘ilgan fuqaro shifoxonada vafot etgan. Shuningdek, yuk avtomobili haydovchisi tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.


Hozirda mazkur YTH yuzasidan Marg‘ilon shahar IIB huzuridagi TB xodimlari tomonidan dastlabki tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Farg‘onada yuk mashina 3 ta avtomobil bilan to‘qnashdi | Zamon.uz