Makron BAAga boradi
U marhum Xalifa bin Zayd Ol Nahayon xotirasiga bag‘ishlangan marosimda qatnashadi.

Emmanuel Makron 15 may kuni BAAga boradi. Bu haqda BFM telekanali xabar berdi.
Fransiya yetakchisi BAAning marhum prezidenti Xalifa bin Zayd Ol Nahayon xotirasiga bag‘ishlangan marosimda ishtirok etadi.
Makronning Abu-Dabiga tashrifi Fransiya bosh vaziri Jan Kasteksning Vatikanga rejalashtirilgan tashrifining bekor qilinishiga sabab bo‘ldi. Chunki, amaldagi qonunchilikka ko‘ra, Fransiya bosh vaziri va prezidenti bir vaqtning o‘zida mamlakat hududini tark eta olmaydi.
Maʼlumot o‘rnida: 2022 yil13 may kuni BAA prezidenti Xalifa bin Zayd Ol Nahayon uzoq xastalikdan so‘ng vafot etdi. U 2004 yildan buyon shu lavozimni egallab kelayotgandi.
2014 yil oxirida BAA prеzidenti insultga chalinadi. Shundan keyin mamlakat amalda uning o‘g‘li Muhammad ibn Zayd Al Nahayon tomonidan boshqarib kelindi.







