O'zbekiston

O‘zbek olimlari yangi pomidor navini yaratdi

U boshqa navlarga qaraganda 20 foiz ko‘proq hosil beradi.

O‘zbek olimlari yangi pomidor navini yaratdi

 

Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutining bir qator seletsioner olimlari ochiq maydon va issiqxonada yetishtirishga mos pomidor navi ixtiro qildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, Yekaterina Lyan, Rustam Nizomov, Shermuhammad Aminov va Jamil To‘rayev kabi olimlarning o‘n yillik mehnati natijasida ushbu nav yaratilgan. Unga “Universal” deb nom berilgan. 

 

Yangi nav o‘rtapishar bo‘lib, o‘sish davri 120–122 kunni tashkil etadi. Asosiy poyasining uzunligi issiqxonada 2–2,5 metr, ochiq maydonda 1,5–1,8 metrgacha yetadi. Shoxlanishi va barglanishi esa o‘rtacha. Bargi oddiy, to‘q yashil, o‘rtacha burmali bo‘ladi.

 

Tarkibida quruq modda miqdori 4,8 foiz, umumiy qand 4,2 foiz, askorbin kislotasi 24,2 foiz. Issiqxonada 15–18 kilogramm, ochiq maydonda 38–42 ta hosil beradi. Bu ko‘rsatkich boshqa navlardan 15-20 foizga yuqori degani.

 

Pomidorning “Universal” navini respublikada keng joriy etish, birlamchi urug‘chiligini o‘rnatilgan tartibda tashkil etish uchun nav xujjatlar rasmiylashtirilgan. Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markaziga Davlat reyestiriga kiritish uchun va Intellektual mulk agentligiga patentlash uchun taqdim etildi.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbek olimlari yangi pomidor navini yaratdi | Zamon.uz