Parkentda sel toshqini kuzatildi
Oqibatda aholi tomorqalarini suv bosgan.

Toshkent viloyati Parkent tumanida kuzatilayotgan yog‘ingarchiliklar soylarda sel suvlarini to‘lib oqishiga olib kelmoqda. Bu haqda FVV axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 14-may kuni soat taxminan 17:50da Parkent tumani “Changi” kishlog‘ida qisqa muddatli kuchli yomg‘ir yog‘ishi natijasida sel oqimi hosil bo‘lib, soylarda sel suvlarini to‘lib oqishi, ichki ariqlar quvurlariga shox-shabba va tog‘ jinslarini tiqilib qolishi oqibatida ichki ko‘chalarga va aholi tomorqalariga sel suvlarini toshishi holatlari kuzatilgan.
Ayni vaqtda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarni oldini olish maqsadida aholi xonadonlari va ichki ko‘chalarda to‘planayotgan suvlarni chiqarib tashlash ishlari olib borilmoqda.








