“Snegurochka” Rossiyani tark etmoqchi
SvetoCopy Leningrad viloyatidagi Svetogorsk sellyuloza-qog‘oz zavodini sotishni reja qilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, SvetoCopy kompaniyasi Rssiyani tark etishi maʼlum bo‘ldi.
“Biz Rossiyani tark etishga qaror qildik va buni uyushqoqlik bilan amalga oshiramiz. Biroq biz operatsiyalarni to‘liq to‘xtatmayapmiz, birinchi navbatda biz Rossiyadan chiqish jarayonida aktivlarimiz ustidan to‘liq nazoratni saqlab qolmoqchimiz”, — deyiladi kompaniya bayonotida.
Maʼlumot o‘rnida, O‘zbekistonda fevral oyining oxirlarida oq qog‘oz narxi o‘rtacha 2 barobarga oshdi. Bunga Rossiya zavodlaridagi oqartirgich importi bilan bog‘liq cheklovlar sabab bo‘lgandi.







