Toshkentda Сobalt svetoforga urilib, yonib ketdi
Holat yuzasidan shahar IIB ma’lumot berdi.

Toshkent shahrining Olmazor tumanida “Сobalt” rusumli avtomashina svetaforga urilib, yonib ketdi. Bu haqda shahar IIB axborоt xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, voqea bugun, 14-may kuni soat 05.00 atrofida tumanning Keles ko‘chasida sodir bo‘lgan. 1982-yilda tug‘ilgan haydovchi “Cobalt” rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotgan vaqtida boshqaruvni yo’qotgan va yo’l chetidagi to’siq ustiga chiqib ketib, svetoforga urilgan. Shundan so‘ng avtomashinaning dvigatelida yong’in chiqqan. Voqea joyga yetib kelgan o’t o’chiruvchilar yong’inni bartaraf etishgan.
Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan. Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida “Mercedes-benz” yonib ketgandi. Oqibatda transportga texnik zarar yetgan.
Javohirbek TURSUNOV








