AQSHda 18 yoshli yigit 10 kishini otib tashladi
Hodisaga irqiy nafrat sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Amerikaning Buffalo shahridagi “Tops Friendly Market” savdo do‘konida otishma sodir bo‘ldi. Bu haqda “Vesti” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, 18 yoshli nasist Peyton Djendron qurollangan holda supermarketga kelib, ko‘chada turganlarni va do‘kon ichidagilarni avtomatdan otib tashlagan.
Dastlabki maьlumotlarga ko‘ra, hodisada 10 kishi vafot etgan va 3 kishi jarohat olgan. Ularning aksariyati qora tanlilar. Qotil insonlarni otib tashlash jarayonini boshidagi kaskaga videokamera o‘rnatib, Twitch ijtimoiy tarmog‘i orqali jonli translyasiya qilgan.
U quroliga norvegiyalik qotil Anders Breyvek ismini yozgan. Eslatib o‘tamiz Anders Breyvik 2011 yilda Norvegiyaning Utoyya orolida 77 nafar shaxsni otib o‘ldirgan va 151 kishini jarohatlagan edi.








