Farg‘onada ko‘knori yetishtirgan shaxs ushlandi
U 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.

5-may kuni Farg‘ona tumanidagi xonadonda ko‘knori yetishtirib kelayotgan fuqaro aniqlandi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.
Aniqlanishicha, Vaziyo mahallasida yashovchi M.U. o‘z yashash xonadonida 60 tup ko‘knori o‘simliklarini parvarishlab kelayotgan bo‘lgan.
Holat yuzasidan Farg‘ona tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ma’lumot uchun: ushbu jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.








